Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 360-moddasi, 367-moddasi va boshqa tegishli huquqiy normalar asosida tuzilgan bo‘lib, O'O'BQ <<OTABEK HASANOV>> (keyingi o‘rinlarda “Vositachi”) tomonidan ommaviy tarzda taklif etilayotgan xizmatlar uchun tuzilgan ommaviy oferta hisoblanadi. Ushbu taklif cheklanmagan doiradagi shaxslarga qaratilgan va platforma (veb-sayt, mobil ilova, Telegram bot va boshqalar) orqali e’lon qilinadi.
Har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs (Keyingi o'rinlarda “Mijoz” yoki “Buyurtmachi”) ushbu platformada buyurtma berish yoki ro‘yxatdan o‘tish orqali ushbu ofertaning barcha shartlarini qabul qilgan (ya’ni, aksept qilgan) hisoblanadi va tomonlar o‘rtasida elektron shartnoma tuzilgan deb hisoblanadi.
Shartnoma elektron tarzda tuziladi va elektron hujjatlar to‘g‘risidagi qonunlarga muvofiq yuridik kuchga ega.
Oferta – Vositachi tomonidan ommaga taqdim etilgan shartnoma taklifi.
Platforma – Vositachi tomonidan ishlab chiqilgan va xizmatlar taklif qilinadigan raqamli muhit: veb-sayt, Telegram bot, mobil ilova va boshqalar.
Aksept qilish – Mijoz tomonidan ushbu ofertani qabul qilish, ya’ni platformadan foydalanish, to‘lovni amalga oshirish yoki rozilik tugmasini bosish va h.k orqali rozilik bildirilishi.
Xizmat – Vositachi tomonidan Mijozga Platforma orqali ko‘rsatiladigan texnik va axborot xizmatlari, jumladan bank kartasini biriktirish, tokenizatsiya qilingan karta identifikatorini saqlash, to‘lovlar tarixini yuritish va Mijozning saqlangan karta orqali to‘lovni boshlashiga imkon berish xizmatlari.
Checkout.uz - Mijoz tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlarni tegishli to‘lov tashkilotlari, to‘lov tizimlari va/yoki protsessing infratuzilmasi orqali qayta ishlash hamda mablag‘larni tegishli xizmat ko‘rsatuvchi yoki hamkorga o‘tkazish jarayonida ishtirok etuvchi to‘lov vositachisi/agregatori.
Bank kartasi va tokenizatsiya – Bank kartasi Mijoz tomonidan Platformaga biriktirilganda, karta ma’lumotlari tegishli to‘lov tashkiloti, to‘lov tizimi yoki protsessing tashkilotiga yuboriladi. Bank kartasining to‘liq rekvizitlari Vositachining Platformasida saqlanmaydi. Karta ma’lumotlari tegishli to‘lov infratuzilmasida tokenizatsiya qilinadi va Platformada Mijozning keyingi to‘lovlarini amalga oshirish uchun token yoki boshqa texnik identifikator saqlanadi. Vositachi Mijozning pul mablag‘larini saqlamaydi, hisobvaraqlarini yuritmaydi va bank kartasidan mablag‘larni mustaqil ravishda yechib olmaydi. To‘lov operatsiyasi tegishli to‘lov vositachisi, to‘lov tashkiloti, to‘lov tizimi yoki protsessing infratuzilmasi orqali amalga oshiriladi.
To'lov tizimi - to‘lovlarni amalga oshirish va qayta ishlashni ta’minlovchi, qonunchilikda belgilangan tartibda faoliyat yurituvchi to‘lov tizimi yoki to‘lov tashkiloti, jumladan Click, Payme va boshqa tegishli tashkilotlar.
Mini Apps / Mini xizmatlar / Boshqa xizmatlar – Vositachi Platformasida joylashtiriladigan yoki kelgusida qo‘shilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha raqamli xizmatlar, funksiyalar va kichik servislar. Bunday xizmatlarning foydalanish shartlari, narxlari va boshqa shartlari, agar mavjud bo‘lsa, tegishli xizmat egasi yoki Vositachi tomonidan alohida belgilanadi.
Mijoz (Foydalanuvchi) - Ushbu Oferta shartlarini aksept qilgan va Platforma imkoniyatlaridan hamda Xizmatlardan foydalanuvchi har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs.
Shaxsga doir ma’lumotlar - Mijozning shaxsini aniqlash, shuningdek, Mijozning moliyaviy va boshqa shaxsiy ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan ma’lumotlar.
Shaxsiy kabinet - Mijozning platformada ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng ochiladigan shaxsiy muhit bo‘lib, unda Mijozning shaxsiy ma’lumotlari, buyurtmalari, to‘lovlar tarixi va boshqa tegishli ma’lumotlar saqlanadi.
Vositachi Mijozga Platformadan va uning imkoniyatlaridan foydalanish huquqini taqdim etadi. Mazkur Platforma quyidagi xizmat va funksiyalarni o‘z ichiga oladi:
Platformada ro‘yxatdan o‘tish, shaxsiy kabinet ochish, parolni tiklash, ikki bosqichli tasdiqlash orqali foydalanishni faollashtirish.
xizmatlarni faollashtirish va to‘lovlarni amalga oshirishni boshlash.
“to‘lovlar holati va tarixini ko‘rish, elektron kvitansiyalar va boshqa hujjatlarni ko‘rish hamda yuklab olish.
Karta qo'shish, uni boshqarish
Boshqa turdagi xizmatlardan foydalanish, ko'rish, tekshirish, malumot olish.
Mijoz Platformada o‘z bank kartasini biriktirish orqali keyingi to‘lovlarni amalga oshirish uchun undan foydalanish imkoniyatini oladi. Karta biriktirilishi jarayonida karta ma’lumotlari tegishli to‘lov tashkiloti yoki protsessing infratuzilmasiga uzatiladi va tokenizatsiya qilinadi. Vositachi Platformada karta ma’lumotlarining o‘zini emas, tegishli to‘lov tashkiloti tomonidan shakllantirilgan token yoki boshqa texnik identifikatorni saqlaydi. Mijoz keyingi to‘lov vaqtida saqlangan kartani tanlab, “To‘lash” tugmasini bosganida, tegishli to‘lov shartlari va summasi asosida token orqali to‘lovni amalga oshirish uchun so‘rov yuboriladi. Mijozdan karta rekvizitlarini qayta kiritish talab etilmaydi.
Vositachi Platforma orqali Mijozlarga pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmatlarni ham taqdim etishi mumkin. Bunday xizmatlarni faollashtirish Mijoz tomonidan mustaqil ravishda, o‘z xohishiga ko‘ra hamda xizmat tavsifi, taqdim etish shartlari va narxlari bilan tanishib chiqilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Vositachining majburiyatlari:
Platformaning barqaror va imkon qadar uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘rish, Platformadagi uzilishlar uchinchi shaxslarning aybi bilan yoki Vositachiga bogʻliq boʻlmagan holatlar tufayli yuzaga kelgan hollar bundan mustasno;
shaxsga doir ma’lumotlarning yaxlitligi va daxlsizligini, shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya etilishini, shaxsga doir ma’lumotlarga noqonuniy ishlov berilishining oldini olishni ta’minlaydigan shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha huquqiy, tashkiliy va texnik choralar ko‘rish;
Mijozni Platforma yangiliklari, shuningdek, platformaga kiritiladigan o‘zgarishlar va yangiliklar haqida o‘z vaqtida xabardor qilish.
Vositachining huquqlari:
O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etish maqsadida, Mijozni identifikatsiya qilish va lozim darajada tekshirish hamda u tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarga oid axborotni Mijozdan olish.
Mijoz operatsiyani amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablag‘lari manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so'rash.
Agar Mijoz tomonidan ushbu Shartnoma shartlari va/yoki O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablari buzilsa va/yoki Mijoz firibgarlik/shubhali operatsiyalarga va/yoki jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish operatsiyalariga qandaydir tarzda jalb qilingan deb gumon qilingan taqdirda hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda bir tomonlama tartibda, vaqtincha, vaziyatlar aniqlangunga qadar, Mijozning platformadan yoki uning ayrim xizmatlaridan foydalanishini cheklash yoki Shartnomani bekor qilish
Vositachi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va/yoki mazkur Shartnoma talablariga muvofiq, operatsiyani amalga oshirishni rad etish, uni vaqtincha to‘xtatish yoki cheklash huquqiga ega.
Mijozning majburiyatlari
mazkur Shartnoma talablarini bajarish
Platformaga kirish uchun qoʻllaniladigan qurilmaning axborot xavfsizligini mustaqil ravishda ta’minlash
Vositachi tomonidan Platformaning interfeysida, www.receipt.uz saytida yoki boshqa usulda e’lon qilinadigan Mijoz uchun xabarnomalarni kuzatib borish va ushbu xabarnomalarda keltirilgan talablar/ko‘rsatmalarga amal qilish
uchinchi tomonlarning Platformaga kirish uchun rekvizitlardan noqonuniy foydalanish holatlari yoki shubhalari haqida, shu jumladan Platformaga ulangan mobil telefon raqamiga kirish imkoniyati yo‘qolganda (yo‘qotilganda, o‘g‘irlanganda yoki boshqa usulda yo‘qotilganda) Vositachini darhol xabardor qilish;
Platforma orqali noqonuniy moliyaviy operatsiyalarni, noqonuniy savdo, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirishga qaratilgan operatsiyalarni, qonunchilik bilan taqiqlangan boshqa xatti-harakatlar yoki daromadni yashirish kabi harakatlarni bajarmaslik.
Platformadan foydalangan holda, Mijoz quyidagilarni tasdiqlaydi va kafolatlaydi:
Platformadan firibgarlik va boshqa noqonuniy maqsadlarda foydalanish niyatida emas;
Vositachi oldindan yozma roziligisiz Shartnoma bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini uchinchi shaxslarga o'tkazmaydi. Bunday xatti-harakatlarni amalga oshirish uchun har qanday urinish haqiqiy emas deb hisoblanadi;
Platformadagi shaxsiy akkauntga uchinchi shaxslarning kirishiga imkon beruvchi rekvizitlar yoki ma’lumotlarni, shu jumladan tasdiqlash kodlari, mobil telefon raqami, bank kartasi rekvizitlari va boshqa autentifikatsiya ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga taqdim etmaslik uchun javobgardir.
Vositachi Ofertaning o‘zgartirilgan tahririni www.receipt.uz saytida e’lon qilish orqali bir tomonlama tartibda ushbu Ofertani o‘zgartirish huquqiga ega. Vositachi, shuningdek, Platformaning tegishli interfeysida axborot xabari orqali Mijozga Ofertaning o‘zgartirilgan tahriri e’lon qilinganligi to‘g‘risida xabar yuborishi mumkin.
Ofertaning o‘zgartirilgan tahriri, agar boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, www.receipt.uz veb-saytida joylashtirilgan kundan boshlab 15 (o‘n besh) kalendar kundan kech bo‘lmagan muddatda, biroq Ofertaning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan sanadan ilgari bo‘lmagan muddatda kuchga kiradi. Agar ushbu Ofertaning ma’lum shartlari alohida Siyosatlar (jumladan, Vositachining shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiylik siyosati) va Vositachining boshqa hujjatlari bilan ham tartibga solinsa, Vositachi Siyosatlari va boshqa hujjatlari bilan ham tartibga solinadigan Oferta shartlari ushbu hujjatlarda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda o‘zgartiriladi.
Agar Ofertaning o‘zgartirilgan tahriri kuchga kirgunga qadar Mijoz akkauntini o'chirib tashlamasa, o‘zgartirishlar Mijoz tomonidan qabul qilingan hisoblanadi.
Ofertaga kiritilgan o‘zgartirishlar haqida o‘z vaqtida ma’lumot olish uchun Foydalanuvchi www.receipt.uz veb-saytini muntazam ravishda tekshirib borishi lozim.
Tomonlar ushbu Shartnoma shartlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Mijoz mazkur Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini aybli ravishda bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi natijasida Vositachiga yetkazilgan zarar uchun amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Mijoz himoyalanmagan ulanishlardan foydalanadigan yoki zararli dasturlar va ilovalar tahdidi ostida bo‘lgan qurilmada shaxsiy ma’lumotlarini kiritganda, bunday qurilma yoki ulanishdan foydalanish oqibatida yuzaga kelgan xavflar uchun javobgar bo‘ladi.
Mazkur Shartnoma shartlarining lozim darajada bajarilmaganligi uchun, agar bunday bajarmaslik Mijoz tomonidan Shartnoma shartlarining ijro etilmaganligi oqibatida yuzaga kelsa, Vositachi javobgar bo‘lmaydi.
Vositachi Mijozning ushbu Ofertaning shartlari, shuningdek, Platformada faollashtirilgan pulli xizmatlar ofertalari bilan tanishib chiqmaganligi va (yoki) o‘z vaqtida tanishib chiqmaganligi sababli yuzaga kelgan har qanday yo‘qotishlar uchun javobgar bo‘lmaydi.
Agar Shartnoma shartlarining tegishlicha bajarilmasligi Vositachi nazorati bilan bogʻliq boʻlmagan sabablar tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, Vositachi ushbu Shartnoma shartlarining lozim darajada bajarilmaganligi uchun javobgar bo‘lmaydi. Vositachi nazorat doirasi faqatgina Platformaning ishlash imkoniyatlari bilan cheklanadi va uchinchi shaxslarning aybi bilan yoki davlat yoki sud organlari tomonidan qo‘yilgan taqiqlar va cheklovlar tufayli yoxud Vositachiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar sababli yuzaga kelgan nosozliklar uchun javobgarlikni o‘z ichiga olmaydi.
Mijoz Platformaga ulangan mobil telefon raqamiga kirish imkoniyatini yo‘qotganligi haqida Vositachini xabardor qilgunga qadar, mazkur akkaunt orqali amalga oshirilgan to‘lovlar va boshqa operatsiyalar bo‘yicha Vositachiga talab qo‘yishga haqli emas.
Mijoz Platformaga ulangan mobil telefon raqamidan, shuningdek, uning mobil qurilmasiga o‘rnatilgan ilovalar va dasturlar yordamida yoki platformadan foydalanish uchun uning rekvizitlari yordamida Mijoz nomidan amalga oshirilgan har qanday uchinchi tomon xatti-harakatlari uchun xavf va javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
Mijoz ushbu Shartnomada belgilangan Vositachining cheklangan javobgarligini tan olgan holda ushbu Shartnomani tuzishini va ushbu cheklovlar Tomonlar o‘rtasidagi kelishuvlarning zaruriy asosi ekanligini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, Tomonlardan hech biri bunday tomonning oqilona nazoratidan chiqadigan har qanday holatlar, jumladan, hukumat faoliyati yoki terroristik harakatlar, zilzilalar, yong‘inlar, suv toshqinlari yoki boshqa tabiiy ofatlar, mehnat sharoitlari bilan bog‘liq vaziyatlar, ta’minotdagi uzilishlar va Internet aloqasining yomonlashuvi kabi holatlar tufayli, lekin bu holatlar bilan cheklanmagan holda, yuzaga kelgan majburiyatlarning bajarilmasligi yoki kechikish uchun javobgar bo‘lmaydi.
Mijoz istalgan vaqtda platformadagi akkauntni o‘chirib tashlash orqali Shartnomani ijro etishdan bosh tortish huquqiga ega.
Mijoz bilan tuzilgan Shartnoma akkaunt o‘chirib tashlanganidan so‘ng darhol bekor qilingan hisoblanadi. Akkauntni o‘chirib tashlash, shuningdek, agar xizmatlar faollashtirilgan bo‘lsa, platforma doirasida pulli xizmatlar bo‘yicha Shartnomalarning bekor qilinishini anglatadi.
Vositachi mazkur Shartnomada belgilangan holatlarda Shartnomani bir tomonlama bekor qilishga haqli.
Ushbu Shartnomadan kelib chiqadigan har qanday nizo Mijozing murojaatiga asosan kelishuv yo‘li bilan yoki da’vo tartibida hal qilinishi kerak. Murojaatni ko‘rib chiqish muddati va tartibi hamda uning mazmuniga qo‘yiladigan talablar www.receipt.uz saytida joylashtirilgan Vositachida murojaatlarni ko‘rib chiqish qoidalari bilan belgilanadi.
Agar yuzaga kelgan nizo da’vo tartibida hal etilmasa, u da’vogarning tanloviga ko‘ra quyidagi sudlarda ko‘rilishi lozim: Fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudi, yoki javobgarning yashash/ro‘yxatdan o‘tgan joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda.
Texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatlari Foydalanuvchilarga faqat so‘rovlarni qabul qilish orqali taqdim etiladi. Foydalanuvchilarning so‘rovlari Vositachining qo‘llab-quvvatlash xizmati tomonidan info@receipt.uz elektron pochtasi yoki www.receipt.uz saytida ko‘rsatilgan telefon raqami orqali qabul qilinadi.
Shartnomada bevosita nazarda tutilmagan barcha holatlarda Tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga va ish yuritish odatlariga amal qiladilar.
Ushbu Ofertani qabul qilish orqali Mijoz Shartnomaning barcha shartlariga va www.receipt.uz saytida joylashtirilgan Vositachining shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiylik siyosatiga so‘zsiz roziligini tasdiqlaydi.